Lokalizatsiya

Har qanday mahsulotni ishlab chiqarishda uning mahalliylashtirish darajasi, ya'ni mahalliy qismlar va mehnat xarajatlarining ishlab chiqarishdagi ulushi muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Mahalliylashtirish dasturini samarali amalga oshirish eksportbop maxsulotlar ishlab chiqarish, aholini ish bilan ta'minlash, hududlar infratuzilmasini yaxshilash, sanoat rivojini yanada jadallashtirish va narxlarning pasayishiga xizmat qiladi. Mahalliylashtirish tizimi uzoq vaqt talab qiladigan jarayon bo'lishiga qaramay, O'zEraeAlternator kompaniyasi tomonidan mahalliy kontent ulushini oshirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yaxshilash bo'yicha keng xajmli ishlar amalga oshirilayapti. Misol uchun, 2016 yildan 2019 yilgacha stator, shtamp butlovchi qismlar va parraklar, alyumin va plastmassa butlovchi qismlar hamda elektronika butlovchi qismlarni yig'ish liniyasi mahalliylashtirildi. 2021 yilda esa kompaniyamiz tomonidan rotor va regulyatorni mahalliylashtirish ko'zda tutilgan. Bu esa o'z navbatida mahalliylashtirish darajasini 32% ga yaxshilashga yordam beradi.